Bepul sinash

Kompyuter klublari uchun

Klubdagi har bir PC va har bir so‘m nazoratda

TuranShell zal, kassa, bar va mijozlarni bitta panelga yig‘adi. Kassir seans ochadi va bar buyurtmasini yetkazadi, egasi tushumni naqd, karta va depozit bo‘yicha ko‘radi. Tizim klubning o‘z serverida ishlaydi, shuning uchun internet uzilsa ham ish to‘xtamaydi.

  • 30 kun bepul, 100 tagacha PC
  • O‘zbek va rus tilida
  • Internet uzilsa ham ishlaydi
TuranShell ish paneli, Zal xaritasi sahifasi: asosiy zal, VIP va PS5 zonasidagi PC plitkalari, har birida seansning qolgan vaqti yoki holat belgisi; tepada bar buyurtmalari va admin chaqiruvlari tasmasi
  • Seans va qolgan vaqt
  • Yoqilgan, bo‘sh
  • Bron
  • Ta’mirda
  • Admin chaqiruvi

Zal xaritasi: har bir plitka bitta PC. Tepada o‘yinchilar PC’dan bergan bar buyurtmalari va chaqiruvlar. Rasmdagi ma’lumotlar namuna uchun.

Tuzilishi

To‘rt qism, bitta tizim

  • Klubdagi kompyuter

    Server

    Baza, panel va barcha hisob-kitob klubning ichki tarmog‘ida, bitta kompyuterda turadi.

  • Brauzer

    Ish paneli

    Egasi, menejer va kassir brauzer orqali kiradi, har biri o‘z huquqlari bilan.

  • Har bir o‘yin kompyuteri

    PC dasturi (shell)

    Qulf ekrani, vaqt hisobi, o‘yinlar, bar va chat. Shell yopib qo‘yilsa, maxsus Windows xizmati uni 2 soniyada qayta ochadi.

  • O‘yinchi telefoni

    TuranGamer

    Balans, bron, yutuqlar va QR orqali PC’ga kirish. Ilova klub serveridan telefon brauzerida ochiladi.

Klub egasi uchun

Pul qayerdan kelayotganini aniq ko‘rasiz

Dashboard joriy smena tushumini naqd, karta, depozit va bonus bo‘yicha ajratib ko‘rsatadi. Kassada qancha naqd pul bo‘lishi kerakligi ham shu yerda ko‘rinadi.

Dashboard: tushum, naqd va karta ulushi, kassadagi naqd, tariflar, tovarlar, to‘ldirishlar va xizmatlar summasi, PC’lar holati
Dashboard: smena tushumi to‘lov turlari bo‘yicha, tarif, tovar va xizmatlar savdosi, PC’lar holati. Ma’lumotlar namuna uchun.

Hisobot va analitika

  • Smena tushumi: naqd, karta, depozitdan sarf va bonusli to‘ldirishlar
  • Analitika: smenalar, mijozlar, tashriflar, seanslar, PC bandligi, o‘yinlar, savdo va bonuslar
  • Smena hisobotini chop etish. Uni smenani yopishdan oldin majburiy qilib qo‘yish mumkin

Sodiqlik tizimi

  • Shaxsiy va guruh chegirmasi, hafta kuni va soatga bog‘langan aksiyalar
  • Promokodlar: chegirma, depozitga yoki bonus hisobiga pul. Har bir mijoz kodni bir marta ishlata oladi
  • Hisob to‘ldirilganda pog‘onali keshbek
  • 9 turdagi maqsad bo‘yicha yutuqlar: tashriflar soni, o‘ynalgan soat, to‘ldirish summasi va boshqalar

Xodimlar va nazorat

  • Uchta rol: egasi, menejer va kassir. Egasida barcha huquqlar bor, menejer va kassir huquqlari alohida yoqiladi
  • Har bir o‘zgarish jurnalga kim qilgani bilan yoziladi, sozlamalar esa eski va yangi qiymati bilan
  • Xodimlarga vazifa berish va bajarilganini belgilash
  • Mijozlar fikri: 1 dan 5 gacha yulduz va izoh. Fikrni tahrirlab ham, o‘chirib ham bo‘lmaydi

O‘yinlar va kontent

  • 330 ta o‘yin va 59 ta dastur uchun tayyor shablon. PC’larda topilgan Steam o‘yinlari bir bosishda qo‘shiladi
  • Klub akkauntlari: Steam, Epic, Battle.net va Riot. Steam API kaliti kiritilsa, akkauntlarda VAC yoki o‘yin bani bor-yo‘qligi har soatda tekshiriladi
  • Yangiliklar PC’ning bosh ekranida chiqadi
  • Yosh chegarasi: mijozning tug‘ilgan sanasi ma’lum bo‘lsa, server mos kelmaydigan o‘yinni ochmaydi

To‘rt xil tarif

Har bir zal uchun oddiy narx va ro‘yxatdan o‘tgan mijozlar uchun alohida narx. Tarif qaysi kun va soatlarda ishlashi va sotilishi jadvalda belgilanadi. Bayram kunlarida tarifni yakshanba jadvali bo‘yicha ishlatish mumkin.

  • 1 soat · 3 soat

    Muddatli

    Aniq muddatga sotiladi. Ishlatilmay qolgan vaqtni mijoz hisobida saqlab qo‘yish mumkin.

  • 08:00 gacha

    Paket

    Jadvalda belgilangan vaqtgacha amal qiladi. Masalan, ertalab soat sakkizgacha tungi paket.

  • daqiqasiga

    Daqiqabay

    O‘yinchi o‘ynagan daqiqasi uchun to‘laydi. Narx kun vaqtiga qarab farq qilishi mumkin.

  • hisobdagi soatlar

    Abonement

    Oldindan to‘langan soatlar mijoz hisobida turadi va belgilangan muddatgacha amal qiladi.

Kassir uchun

Butun zal bitta ekranda

Kassir tizimga kirgach klubni tanlaydi va kassadagi naqd pul summasini kiritib smenani ochadi. Keyin zal xaritasidan chiqmay ishlaydi: seans, bar, bron va chat shu yerda.

Zal xaritasi tepasidagi tasma: Buyurtmalar (1 ta yangi, 1 ta tayyorlanmoqda; PC19 4 daqiqa kutmoqda, to‘q sariq rangda; PC05 1 daqiqa) va Chaqiruvlar (PC14, Bajarildi tugmasi)
Zal xaritasi tepasidagi tasma: bar buyurtmalari va admin chaqiruvlari. Buyurtma 3 daqiqadan ko‘p kutsa to‘q sariq, 7 daqiqadan ko‘p kutsa qizil bo‘ladi. Ma’lumotlar namuna uchun.
  1. Kirish
  2. Klubni tanlash
  3. Smenani ochishkassadagi naqd summasi
  4. Ishseans, bar, bron
  5. Smenani yopishpulni sanash va farq

Seanslar va to‘lov

  • Seansni mehmonga (akkauntsiz) yoki mijozga ochish: naqd, karta, depozit yoki bonus bilan to‘lov
  • «Keyin to‘lash»: ruxsat va daqiqa chegarasi bilan. To‘lanmagan seanslar alohida ro‘yxatda
  • To‘lovni naqd pul va karta o‘rtasida bo‘lish
  • Vaqt tugasa, server seansni o‘zi yopadi va PC’ni qulflaydi, kassir band bo‘lsa ham
  • Seansni boshqa PC’ga ko‘chirish, jarima sifatida seansdan daqiqa ayirish
  • Bron: PC’lar bo‘yicha vaqt jadvali. «Mijoz keldi» bosilganda seans boshlanadi

Bar va ombor

  • O‘yinchi PC’dan buyurtma beradi, kassir tasmada PC raqami, kutish vaqti va summani ko‘radi
  • 3 va 7 daqiqada buyurtma rangi o‘zgaradi, yangi buyurtma kelganda ovozli signal chalinadi
  • Kirim, hisobdan chiqarish, qoldiq tarixi va kam qolganda ogohlantirish
  • Bitta tovarga bir nechta shtrix-kod, 66 ta tayyor tovar rasmi

Chat, chaqiruv va ovoz

  • Har bir PC bilan chat: tayyor javoblar va «o‘qildi» belgisi
  • Admin chaqiruvi, yangi buyurtma va ilovadan kelgan bron ovoz chiqarib aytiladi
  • HUMO kartasiga pul tushsa, panel ovoz bilan xabar beradi va kassir tushumni mijoz depozitiga biriktiradi. Buning uchun serverni Telegram’ga ulash kerak, bu texnik sozlash

PC’larni masofadan boshqarish

  • Ekranni jonli ko‘rish, sichqoncha va klaviatura bilan boshqarish. Har bir ko‘rish va boshqaruv jurnalga yoziladi
  • Fayllarni PC’ga yuborish va PC’dan olish, qotib qolgan o‘yinni yopish
  • Qulflash, qayta yuklash, o‘chirish va Wake‑on‑LAN orqali yoqish. Yoqish va o‘chirishni bir nechta PC’ga birdaniga berish mumkin
  • Seansdan keyin yoki bo‘sh turganda PC’ni avtomatik o‘chirish

O‘yinchi uchun

O‘yinchi kassaga kamroq qatnaydi

Tarif sotib olish, bar buyurtmasi va kassir bilan yozishish PC’ning o‘zida. Telefondan esa oldindan PC bron qilinadi.

PC qulf ekrani: o‘yinlar va ilovalar bo‘limlari, PC raqami va Kirish tugmasi, o‘ng tomonda TuranGamer orqali kirish uchun QR kod
PC qulf ekrani: telefon raqami va PIN bilan yoki QR orqali kirish.

PC ekranida

  • Kirish telefon raqami va PIN bilan yoki QR orqali: o‘yinchi telefon kamerasini QR kodga tutadi va TuranGamer’da tasdiqlaydi. Kod 3 daqiqa amal qiladi
  • Seans davomida: taymer, balans, depozit yoki bonusdan tarif olish, promokod, yangiliklar va yutuqlar
  • O‘yin ichida burchakda qolgan vaqt ko‘rinadi, tugashidan oldin ogohlantirish va ovozli signal beriladi
  • Bar buyurtmasi, kassir bilan chat, balansni boshqa mijozga o‘tkazish, xodimga choy puli
  • Menejer saqlanish papkasini ko‘rsatgan o‘yinlarda progress o‘yinchi bilan istalgan PC’ga o‘tadi: har bir o‘yin uchun 256 MB gacha. Mehmonlar uchun ishlamaydi
TuranGamer ilovasi: bron uchun sana va vaqt, zal xaritasida bo‘sh va band PC’lar, tanlangan o‘yin joyi
TuranGamer: zal xaritasidan PC tanlab bron qilish. Ma’lumotlar namuna uchun.

Telefonda: TuranGamer

  • Klubning amaldagi tariflari bo‘yicha bron: bir nechta PC, eng kam va eng ko‘p soat chegarasi
  • Ilova orqali bronga chegirma va depozitdan oldindan to‘lov. Foizlarni klub belgilaydi
  • O‘yinchi bronni o‘zi bekor qila oladi: belgilangan muddatgacha bepul, kech bekor qilsa jarima bilan
  • Depozit va bonus, oxirgi tashrif, klub yangiliklari, reyting va yutuqlar
  • O‘zbek, rus va ingliz tilida

Hozircha TuranGamer faqat klubning Wi‑Fi tarmog‘ida ochiladi. Klubdan tashqarida ishlashi tez orada qo‘shiladi.

Ishonchlilik

Internet uzilsa ham klub ishlayveradi

Kundalik ish klubning o‘z serverida bajariladi. Internet faqat qo‘shimcha xizmatlar uchun kerak.

Aloqa uzilganda

  • Internet yo‘q

    Klub odatdagidek ishlaydi: seanslar, kassa, bar va bron klub serverida.

  • PC serverni ko‘rmayapti

    Seans bo‘lsa, vaqt PC’ning o‘zida sanaladi va tugaganda PC qulflanadi. Seans bo‘lmasa, PC 15 soniyada qulflanadi. Aloqa tiklangach, PC o‘zi qayta ulanadi.

  • Internet nima uchun kerak

    Telegram xabarlari va HUMO kartasiga tushumlar, Steam ban tekshiruvi, o‘yin muqovalari, shtrix-kod bo‘yicha tovar qidiruvi va ovozli jumlalarni birinchi marta yaratish.

Himoya

  • PC va server o‘rtasidagi aloqa shifrlangan, bu sukut bo‘yicha yoqilgan. Har bir PC ulanishda serverning haqiqiyligini o‘z maxfiy kaliti bilan tekshiradi
  • Shell o‘rnatilayotganda 24 xonali kod tekshiriladi. Kod mos kelmasa, o‘rnatish to‘xtaydi va egasining paroli hech qayerga yuborilmaydi
  • Har kuni soat 04:30 da zaxira nusxa olinadi, oxirgi 30 tasi saqlanadi. Tiklashda egasining paroli qayta so‘raladi
  • PC’da tanlangan disklarni yashirish, USB fleshkalarni bloklash (klaviatura va sichqoncha ishlayveradi), brauzerdan yuklab olishni taqiqlash
  • O‘yin fayllari qayerdaligini PC emas, server biladi: PC faqat o‘yin raqamini yuboradi. Shuning uchun PC sozlamalarini o‘zgartirib, o‘yin o‘rniga boshqa dasturni ochtirib bo‘lmaydi
  • Seansdan keyin Steam, Epic, Riot, Battle.net, Lesta va Wargaming launcherlarida kirish holati PC yoqilgandagi holatga qaytadi. Keyingi o‘yinchiga oldingi o‘yinchining akkaunti qolmaydi
  • Xodim PC’ni maxsus tugmalar birikmasi va o‘z logini bilan ochadi, buning uchun alohida huquq kerak. Umumiy parol yo‘q, har bir kirish jurnalga yoziladi
  • Voyaga yetmaganlar uchun tungi cheklov (sozlamalarda yoqiladi): masalan, 22:00 dan 06:00 gacha 18 yoshga to‘lmaganlar kira olmaydi. Tug‘ilgan sanasi kiritilgan mijozlarga qo‘llanadi

Talablar

Nima kerak bo‘ladi

Server
Klub ichki tarmog‘idagi, doim yoqiq turadigan Windows kompyuter. TuranShell unda Windows xizmati bo‘lib ishlaydi va nosozlikdan keyin o‘zi qayta ishga tushadi. Server quvvati bo‘yicha biz bilan maslahatlashing.
Ma’lumotlar bazasi
PostgreSQL 15 yoki yangiroq. Ulanish paytida o‘rnatib, sozlab beramiz.
O‘yin kompyuterlari
Windows 10 yoki 11, 64-bit. Disksiz, bitta obrazdan yuklanadigan PC’lar ham qo‘llab-quvvatlanadi.
Tarmoq
Lokal tarmoq, TCP 8080 va UDP 8079 portlari. Wake‑on‑LAN ishlatilsa, uni har bir PC’ning BIOS’ida yoqish kerak.
Tillar
Panel va PC ekrani o‘zbek va rus tilida. TuranGamer o‘zbek, rus va ingliz tilida. PC’dagi ovozli eslatmalar VoiceLab ulansa uch tilda.
Internet
Kundalik ish uchun shart emas. Telegram xabarlari va HUMO kartasiga tushumlar, Steam tekshiruvi, o‘yin muqovalari, shtrix-kod bo‘yicha tovar qidiruvi va ovozli jumlalarni birinchi marta yaratish uchun kerak.

Ulanish

Qanday boshlaysiz

Serverni biz o‘rnatamiz, klubni o‘zingiz sozlaysiz. Birinchi 30 kun bepul.

Shaxsiy kabinet lk.turanshell.uz tez orada
Obunani shu yerda rasmiylashtirib to‘lash mumkin bo‘ladi. Hozircha ulanish uchun biz bilan bog‘laning.

  1. Biz bilan bog‘lanasiz

    Serverni masofadan, AnyDesk yoki RuDesktop orqali o‘rnatamiz. Ma’lumotlar bazasini ham o‘zimiz sozlaymiz.

  2. Klubni ro‘yxatdan o‘tkazasiz

    Panelda telefon raqami, ism va parol bilan ro‘yxatdan o‘tasiz va klubni qo‘shasiz. Ro‘yxatdan o‘tishda Litsenziya shartnomasini qabul qilasiz va Maxfiylik siyosati bilan tanishasiz.

  3. Klubni sozlaysiz

    Zallar, PC’lar, tariflar, bar va xodimlar. Sozlamalarni boshqa serverdan fayl orqali ko‘chirib olish ham mumkin.

  4. Har bir PC’ga shell o‘rnatasiz

    O‘rnatuvchi paneldan yuklab olinadi. U serverni o‘zi topadi, 24 xonali kodni tekshiradi va PC’ni klubga ulaydi. O‘rnatishdan oldin litsenziya shartnomasi ko‘rsatiladi, uning PDF nusxasi o‘rnatuvchi ichida bo‘ladi.

  5. 30 kun bepul ishlaysiz

    Sinov davrida barcha imkoniyatlar ochiq.

Narx

Avval sinab ko‘ring

30 kunbepul

  • 100 tagacha PC
  • Barcha imkoniyatlar ochiq

Sinovdan keyingi narxni bilish uchun biz bilan bog‘laning.

Bog‘lanish

Rejada

  • Shaxsiy kabinet va obunani onlayn to‘lash
  • O‘yinchi depozitini Payme va Click orqali onlayn to‘ldirish
  • Telefon raqamini SMS orqali tasdiqlash
  • TuranGamer’dan klubdan tashqarida foydalanish
  • Fiskal cheklar

Ko‘p beriladigan savollar

Internet uzilsa nima bo‘ladi?

Klub ishlayveradi: seanslar, kassa, bar va bron klubning o‘z serverida. Internet faqat qo‘shimcha xizmatlar uchun kerak: Telegram xabarlari va HUMO kartasiga tushumlar, Steam tekshiruvi, o‘yin muqovalari, shtrix-kod bo‘yicha tovar qidiruvi va ovozli jumlalarni birinchi marta yaratish.

Ma’lumotlar qayerda saqlanadi?

Klubning o‘z serverida. Zaxira nusxa har kuni avtomatik olinadi, uni qo‘shimcha ravishda boshqa papkaga ham yozish mumkin.

Disksiz PC’larda ishlaydimi?

Ha. Disksiz PC har yuklanganda server bilan himoyalangan aloqani qaytadan tasdiqlaydi. Hamma PC bitta obrazdan yuklansa ham, har biriga alohida CD-kalit va videokarta hamda monitoriga mos grafik sozlama berish mumkin.

Qanday to‘lov usullari bor?

Naqd, karta, mijoz depoziti va bonus. To‘lovni naqd va kartaga bo‘lish mumkin. Ishonchli mijozga esa belgilangan limit doirasida qarzga o‘ynashga ruxsat bera olasiz. Payme va Click orqali onlayn to‘ldirish rejada.

TuranShell fiskal chek chiqaradimi?

Hozircha yo‘q. Virtual kassa operatoriga ulanish rejada.

Kassir yoki menejer ko‘radigan narsalarni cheklash mumkinmi?

Ha. Egasida barcha huquqlar bor, menejer va kassir uchun esa har bir huquq alohida yoqiladi va o‘chiriladi. Kim nima qilgani jurnalda qoladi.

O‘yinlarni qo‘lda kiritish kerakmi?

Deyarli yo‘q. 330 ta o‘yin va 59 ta dastur uchun tayyor shablon bor, PC’larga o‘rnatilgan Steam o‘yinlari bir bosishda qo‘shiladi. Muqovani o‘yin nomi bo‘yicha Steam’dan topib qo‘yasiz. Klubda o‘yin papkasi boshqacha bo‘lsa, yo‘lni o‘zingiz tuzatasiz.

O‘rnatishni kim qiladi?

Serverni biz masofadan o‘rnatamiz. PC’larga shell’ni paneldan yuklab o‘zingiz o‘rnatasiz, o‘rnatuvchi serverni o‘zi topadi.

Aloqa

Biz bilan bog‘lanish

Aloqa ma’lumotlari tez orada shu yerda paydo bo‘ladi